Ertangi ishlarni soati bilan rejalashtiring va Telegramda eslatma oling. Kirim-chiqimni yozib boring — kunlik, oylik va yillik tahlilni grafiklarda ko'ring.
Ko'pchilik aynan shu uchta muammoni har kuni boshdan kechiradi.
Rejalar boshda qoladi, yozilmaydi — natijada muhim ish o'tkazib yuboriladi.
Oy oxirida hisobda pul yo'q, lekin nimaga sarflanganini eslay olmaysiz.
Qancha kirim, qancha chiqim borligini bilmasangiz — rejalashtirib ham bo'lmaydi.
Alohida ilova, alohida daftar va alohida kalkulyator kerak emas — hammasi bitta hisobda.
Ertangi ish, uchrashuv, to'lov — hammasini soati bilan yozing. Vaqti kelganda Telegram bot eslatadi. Har kuni/hafta/oy takrorlanadigan rejalar ham bor.
Har bir so'm qayerdan kelib, qayerga ketganini kategoriya bo'yicha yozib boring. 2 soniyada qo'shiladi.
Kunlik, haftalik, oylik va yillik tahlil. Qaysi kategoriyaga ko'p pul ketayotgani darrov ko'rinadi.
Saytni ochmasdan, botga «Non 15000» deb yozsangiz ham chiqim yoziladi. Kunlik hisobot ham botga keladi.
Jamg'arma maqsadi qo'ying, oylik limit belgilang. Limitdan oshsangiz — ogohlantiramiz.
Telefon, planshet, kompyuter — interfeys avtomatik moslashadi. Qorong'i va yorug' rejim bor.
Email yoki bir bosishda Telegram orqali. 30 soniya.
Bugun va ertangi ishlar, ularning vaqti va muhimlik darajasi.
Har bir kirim va chiqimni kategoriya bilan belgilang.
Dashboard va hisobotlarda pulingiz qayerga ketayotganini ko'ring.
Bot orqali bir bosishda tizimga kiring, xarajat qo'shing va eslatma oling. Kompyuter yonida bo'lmaganingizda ham hamma narsa yozilib boradi.
Ha. Parollar bcrypt bilan shifrlanadi, barcha so'rovlar CSRF himoyasi va tayyorlangan SQL so'rovlar orqali bajariladi. Ma'lumotlar faqat sizning serveringizda saqlanadi.
Yo'q. Platforma ochiq kodli va o'z serveringizda ishlaydi.
Albatta. Telegram — qo'shimcha qulaylik. Email va parol bilan ham to'liq ishlaydi.
Ha, interfeys avvalo telefon uchun qilingan: pastki menyu, pastdan chiquvchi oynalar va katta tugmalar.
Ha — UZS, USD, RUB, EUR. Sozlamalardan istalgan payt almashtiriladi.
Ha, hisobotlar sahifasida CSV formatida yuklab olish va chop etish mavjud.
Bir marta sozlang — keyin har kuni 2 daqiqa. Oy oxirida hamma narsa aniq bo'ladi.
Bepul hisob ochish →